Банкирларга иш

Банкирларга иш

@ishbank

Бу ерда мамлакатимиздаги актуал бўш иш ўринлари тўғрисида эълонлар жойлаб борилади.Алоқа: @IshbankbotТижорий ҳамкорлик: @arslonprЗдесь представлены объявления об актуалных вакансиях в нашей стране.

32 871 подписчиков
Несколько раз в неделюКачество: 100%🇬🇧 ENПоследний пост: 24.02.2026
Открыть в TelegramПоделиться в TG

Последние посты

Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш@ishbank

KapitalbankRivojlanishga, qiziqarli vazifalarga va kuchli jamoada ishlashga tayyor bo‘lganlar uchun eng yangi vakansiyalar dayjesti tayyorlandi 🔥1. Operatsion departament, B2C xizmat ko‘rsatish va sotuvlar Kontakt-markazi boshqarmasi, Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar sektori mutaxassisi2. Moliya departamenti, Balans tarkibi boshqarmasi, Balans tarkibini tahlil qilish bo‘limi bosh mutaxassisi3. Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti, Soliq hisoboti, statistika va regulyatorlik boshqarmasi, Regulyator hisoboti va statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi4. Moliya departamenti, Balans tarkibi boshqarmasi, Motivatsion dasturlarni tahlil qilish sektori bosh mutaxassisi5. “Chorsu” filiali, Korporativ biznes bo‘limi yetakchi mutaxassisi📩 Rezyumeni quyidagi manzilga yuboring: CV@kapitalbank.uz@ishbank

7 мар. 2026 г.18 200В Telegram
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш@ishbank

SQB Bank Kadrlar administratsiyasi HR departamenti direktori o‘rinbosarini tanlov e’lon qiladi SQB Bank jamoasiga Kadrlar administratsiyasi departamenti direktori o‘rinbosari lavozimiga tajribali mutaxassisni taklif etadi.Biz kadrlar administratsiyasi jarayonlarini samarali boshqara oladigan, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydigan hamda bankning ichki HR siyosatlari va tartiblarini rivojlantirishga hissa qo‘sha oladigan mutaxassisni izlayapmiz.Talablar:- Oliy ma’lumot (afzal: HR boshqaruvi, huquq, iqtisodiyot yoki menejment yo‘nalishlarida)- Kadrlar administratsiyasi yoki kadrlar hujjatlari bilan ishlash bo‘yicha kamida 5 yillik tajriba- Bank yoki moliya tizimida ish tajribasi ustunlik beradi- O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligini yaxshi bilish- Kadrlar hujjatlari yuritish tartibi va ichki reglamentlar bo‘yicha bilim- Ichki nizomlar, tartiblar va siyosatlarni ishlab chiqish tajribasi- Tizimli fikrlash va tafsilotlarga e’tibor- Katta hajmdagi hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi- O‘zbek va rus tillarini bilish - majburiyAsosiy vazifalar:- Kadrlar administratsiyasi jarayonlarini avtomatlashtirish va takomillashtirish- Ichki HR hujjatlari, reglament va tartiblarni ishlab chiqish- Mehnat qonunchiligi va bank ichki siyosatlariga rioya etilishini nazorat qilish- Yuridik bo‘lim, audit va ichki nazorat bilan hamkorlik qilish- Kadrlar hujjatlari yuritish jarayonlarini tashkil etish va nazorat qilish📩 Rezyumeni yuborish uchun: hr@sqb.uz@ishbank

6 мар. 2026 г.17 100В Telegram
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш@ishbank

Kapitalbank🚀 Vakansiya ochiq: Operatsion departamenti Biznes-transformatsiya va sun’iy intellekt boshqarmasi Loyihalarni boshqarish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi.Biz loyihalarni g‘oyadan to natijagacha yetkaza oladigan: maqsadlarni belgilaydigan, muddatlar va risklarni boshqaradigan, biznes va IATni birga bog‘laydigan hamda joriy etilgan yechimlarning samarasini ko‘ra biladigan hamkasb qidiryapmiz.🖥️ Bu lavozimda siz raqamlashtirish va optimallashtirish loyihalari bilan shug‘ullanasiz, Bankning R&D va AI-pilot loyihalarida qatnashasiz, tatbiq etish jarayonlariga hamrohlik qilasiz hamda ularning resurslarni tejashdan tortib mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashgacha bo‘lgan real foydasini baholaysiz.👉 Vakansiya haqida batafsil — hh.uz saytida.📩 Rezyumeni quyidagi manzilga yuboring: CV@kapitalbank.uz@ishbank

2 мар. 2026 г.22 400В Telegram
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш@ishbank

💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Biznes jarayonlarini raqamlashtirish boshqarmasi uchun quyidagi ish o‘rinlariga tanlov asosida taklif etadi!🗣 Backend yo‘nalishi bo‘yicha bosh mutaxassis🗣 Project Management (Loyiha boshqaruvi) yoʻnalishi boʻyicha bosh mutaxassis🗣 AI/ML Engineer yo‘nalishi bo‘yicha bosh mutaxassisAriza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2026-yil 7-mart 18:00 ga qadar qabul qilinadi.Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan lavozimga biriktirilgan havolalar orqali tanishishingiz mumkin. @ishbank

2 мар. 2026 г.19 900В Telegram
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш@ishbank

📢 Талабамисиз иш излаяпсизми❓🔎 Ёки ишчи ходим қидиряпсизми❓ Энди вақт йўқотманг❗️ Ойлик маош: 500$ дан 1500$ гача!👨‍🏫 Давлат ва хусусий мактаб, ўқув марказлар ва замонавий касбларга доир иш ёки ишчи ходим топиш: @beminnatvakant_ish каналида.🏛 Хусусий ташкилотларда мавжуд сотув оператор ва администратор бўйича ишлар: @beminnatvakant_ish       💰Тилчи, таржимон ва барча репититорлар учун ишлар: @tilchi_tarjimon_jobs kаналидан изланг!🗣️ Нима учун биз?• Ҳар куни турли соҳалардан янги ва текширилган иш эълонлари• Иш излаш энди 100% бепул ва осон!💸 Ўзингизга мос юқори маошли офлайн ва онлайн ишларни уйдан чиқмасдан тез ва осон @beminnatvakant_ish дан топинг.📢 Маклерга эмас эгасига ёзинг✋      🔎 Tошкентда уй излаяпсизми ?         🏡 Ёки уйингиз бўш турибдими?🏡 Маклерсиз квартира ёки квартирант топинг: @Kvartira_uylar_Tashkent

2 мар. 2026 г.22 300В Telegram
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш@ishbank

KapitalbankKaryerangizda yangi bosqichga chiqishni istaysizmi? Bank mutaxassislar uchun turli xil lavozimlarni taklif qiladi:1. Surdotarjimon2. Tavakkalchiliklarni boshqarish departamenti Operatsion tavakkalchiliklar boshqarmasining Axborot xavfsizligi tavakkalchiliklari bo‘limi yetakchi mutaxassisi3. Tavakkalchiliklarni boshqarish departamenti Zaxiralarni hisoblash tahlili boshqarmasi yetakchi mutaxassisi4. Tavakkalchilikni boshqarish departamenti Operatsion tavakkalchilik boshqarmasi Antifrod bo‘limi bosh mutaxassisi5. Kadrlar siyosati va xodimlar bilan ishlash departamenti Xodimlarni tanlash va moslashtirish bo‘limi mutaxassisiYangi kasbiy yutuqlarga qadam tashlang!📍 Barcha vakansiyalar hh.uz saytida📩 Rezyumeni CV@kapitalbank.uz manziliga yuboring@ishbank

2 мар. 2026 г.20 100В Telegram
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш@ishbank

🏦 “Asakabank” AJ Boshqaruv Raisi (CEO) lavozimiga tanlov e’lon qiladi▪️Asakabank transformatsiya jarayonida bankni boshqarib boradigan hamda uni xususiylashtirishga tayyorlaydigan, strategik fikrlaydigan va faol yetakchilik qobiliyatiga ega Boshqaruv Raisini izlamoqda. Ideal nomzod – tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish, yuqori samarali jamoalarni shakllantirish va o‘lchanadigan natijalarga erishish bo‘yicha tasdiqlangan tajribalarga ega, tan olingan yetakchi bo‘lishi lozim. ➡️ Tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan malakali nomzodlar ishtirok etishi mumkin.☑️Malakaviy talablar:▪️Ma’lumot:- Biznes boshqaruvi, moliya, iqtisodiyot yoki tegishli sohalar bo‘yicha magistr darajasi yoki boshqa akademik daraja (masalan, MBA, moliya magistri). Professional sertifikatlarning (CFA, CPA yoki shunga teng malaka) mavjudligi muhim afzallik hisoblanadi.☑️Ish tajribasi:- Bank yoki moliya sohasida kamida 10 yillik boshqaruv tajribasiga ega bo‘lish, shundan kamida 5 yilini C-level darajasidagi yuqori rahbarlik lavozimlarida (Boshqaruv Raisi, Boshqaruv Raisi o‘rinbosari yoki ularga teng lavozimlarda) taqqoslanadigan moliyaviy tashkilotda faoliyat yuritgan bo‘lishi lozim.- Moliyaviy sohada yirik transformatsion loyihalarni (jumladan raqamli transformatsiya), biznes-jarayonlarni optimallashtirish hamda tashkiliy madaniyatni o‘zgartirish bo‘yicha tasdiqlangan tajribaga ega bo‘lish.- Xususiylashtirish, qo‘shilish va qo‘shib olish, strategik sotish yoki moliyaviy tashkilotlarni ro‘yxatga olish jarayonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish tajribasi ustunlik beradi.- Rivojlanayotgan bozorlar amaliyoti, muammoli aktivlarni qayta tashkil etish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha chuqur tushunchaga ega bo‘lgan holda korporativ, kichik va o‘rta biznes hamda chakana bank segmentlarida yetarli ish tajribasiga ega bo‘lish.- Moliyaviy va/yoki operatsion maqsadlarga erishish va murakkab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda tasdiqlangan natijalar.☑️Ariza topshirish tartibi:▪️Nomzodlar recruitment@a

27 февр. 2026 г.23 300В Telegram
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш@ishbank

🏦Vakansiya: Korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish bo‘limi boshlig‘i.☑️Vakansiya haqida batafsilroq:▪️Bankning daromadliligini oshirish uchun kichik va o‘rta biznes sub’yektlari – yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga kreditlash va savdo moliyalashtirish xizmatlarini samarali tashkil etish, shuningdek, ularning to‘liq majmuasiga kiruvchi qo‘shimcha bank mahsulotlari va xizmatlarini bir vaqtda sotishni ta’minlash;▪️Bankning moliyaviy guruhi doirasida yuridik shaxslarga mo‘ljallangan bank va moliyaviy mahsulotlarning kross-sotuvlar strategiyasini ilgari surish va amalga oshirish;▪️ Kredit mahsulotlari va savdo moliyalashtirish vositalaridan foydalanuvchi mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashni nazorat qilish;▪️Bankning mavjud va potensial mijozlariga kredit, savdo moliyalashtirish mahsulotlari hamda qo‘shimcha bank xizmatlarini faol sotishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish va o‘tkazish;📩 O‘zingiz haqidagi ma’lumotnomani (CV yoki resume) quyidagi Telegram profiliga yuborishingizni so‘raymiz: @Akbar_Abduvoxidov@ishbank

24 февр. 2026 г.21 800В Telegram
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш@ishbank

🏦Пластик карта етказиб беришга куриерларни ишга оламиз!! Ўсиб бораётган талаб ва бизнинг карталаримизга кўплаб буюртмалар келиб тушганлиги сабабли, мижозларга карталарни етказиб бериш учун бизга кўпроқ одамлар керак. Талаблар: Шахсий автомобиль болиши шарт!…⚡️Анорбанкдаги ушбу эълон бўйича бўш иш ўринлари тўлиқ бутлангани маълум қилинди. Кейинги эълонларни кузатиб боринг.@ishbank

24 февр. 2026 г.22 200В Telegram
Банкирларга иш — пост в ТГ канале
Банкирларга иш@ishbank

KAPITALBANKKadrlar siyosati va xodimlar bilan ishlash departamentida vakansiya📂 Hujjatlardagi tartibni va xodimlar bilan ishlashni yoqtirasizmi? Unday bo‘lsa, bu vakansiya aynan siz uchun.Kapitalbank xodimlarining hayotini yaxshilash maqsadida Kadrlar ma’muriyatchiligi boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimiga tajribali hamkasb izlamoqda. Bu lavozim ishga qabul qilish, o‘tkazish va ishdan bo‘shatish jarayonlarini, xodimlarni ta’til va xizmat safarlariga yuborishni, elektron mehnat daftarchalarini yuritishni o‘z ichiga oladi. Sizning 1C ZUP dasturini yuqori darajada bilishingiz juda muhim.🎥 Vazifalar va talablar haqida batafsil ma’lumotni videoda ko‘rishingiz mumkin.📩Rezyumeni quyidagi manzilga yuboring: CV@kapitalbank.uz@ishbank

24 февр. 2026 г.25 500В Telegram

Похожие каналы