Jahongir Latipov 💵

Jahongir Latipov 💵

@latipovjahongir

Bu kanaldagi postlar: •Biznesga oid yangiliklar•Oʻzbekistonlik muvaffaqiyatli insonlarhaqida.telegram reklama va takliflar boʻyicha 👇@Asadbek_DonaboyevYouTube - https://youtube.com/@jahongirlatipovhttps://www.instagram.com/latipov_uz

38 415 подписчиков
Несколько раз в деньКачество: 100%🇬🇧 ENПоследний пост: 12.03.2026
Открыть в TelegramПоделиться в TG

Последние посты

Jahongir Latipov 💵@latipovjahongir

📊 O‘zbekiston eksportida yangi yo‘nalish: Afg‘oniston Xitoyni ortda qoldirdi2019-yilda Xitoyga eksport Afg‘onistonga nisbatan 4 barobar ko‘p edi.Ammo 2025-yilga kelib vaziyat o‘zgardi — Afg‘onistonga eksport Xitoynikidan 12% ko‘proq bo‘ldi.📈 Natijada:• Afg‘oniston — 6-o‘rindan 2-o‘ringa (Rossiyadan keyin) chiqdi.• Xitoy esa 2-o‘rindan 4-o‘ringa tushdi.📦 Raqamlarga qarasak:• 2019-yildan beri Afg‘onistonga eksport 3 barobar oshgan.• Xitoyga eksport esa 34% ga kamaygan.Mutaxassislar bunga bir necha omil sabab bo‘lishi mumkinligini aytmoqda:— energiya mahsulotlari eksportining kamayishi,— yuan kursining nisbatan arzonligi,— so‘mning qimmatlashuvi.📌 Eng qiziq jihati shundaki:Afg‘oniston iqtisodi 2019–2023 yillarda 23% ga qisqargan, lekin eksportimiz u yerga tez o‘smoqda.Xitoy iqtisodi esa 28% ga o‘sgan, ammo u yerga eksport kamaygan.👉@latipovjahongir

14 мар. 2026 г.4 270В Telegram
Jahongir Latipov 💵@latipovjahongir

Biznes biznes 💸Oʻzbekistonlik taniqli "tabib" Iqboljon Soliyev oʻz faoliyatini Azarbayjonda davom ettirayotgan ekan. Narx masalasida esa Oʻzbekistonda uning bitta seansi 150 ming soʻmni, Azarbayjonda esa 60 manat(430 ming soʻm) etib belgilangan. Mijozlar oqimi yaxshi, brat soqqani qivvotila))👉@latipovjahongir

14 мар. 2026 г.10 900В Telegram
Jahongir Latipov 💵@latipovjahongir

📊 2025-yilda savdo sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan Top-10 korxona va ularning taxminiy aylanmasiSoliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, savdo kompaniyalari odatda aylanmasining taxminan 8–12% qismini soliq sifatida to‘laydi. Shundan kelib chiqib hisoblanganda:1️⃣ Anglesey Food — 385,3 mlrd so‘m soliq➡️ taxminiy aylanma: 3,2–4,8 trln so‘m2️⃣ Uzum Market — 231,4 mlrd➡️ 1,9–2,9 trln3️⃣ Namangan Istiqlol Bog‘i — 217,4 mlrd➡️ 1,8–2,7 trln4️⃣ Total Oil Invest — 211,0 mlrd➡️ 1,7–2,6 trln5️⃣ Ung Petro — 188,8 mlrd➡️ 1,5–2,3 trln6️⃣ ASR and Co — 170,2 mlrd➡️ 1,4–2,1 trln7️⃣ Alif Moliya — 158,6 mlrd➡️ 1,3–2,0 trln8️⃣ Intermax Petroleum — 144,3 mlrd➡️ 1,2–1,8 trln9️⃣ Nestle Food — 125,5 mlrd➡️ 1,0–1,6 trln🔟 Grand Pharm Trade — 117,1 mlrd➡️ 0,9–1,4 trln📌 Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu Top-10 kompaniyaning umumiy savdo aylanmasi 15–23 trln so‘m atrofida bo‘lishi mumkin.👉@latipovjahongir

13 мар. 2026 г.11 000В Telegram
Jahongir Latipov 💵@latipovjahongir

Xizmati uchun Rolex sovgʻa qilishdi 🎁Salama restoranida ofitsiant boʻlib ishlaydigan Nurislomga mijozi 15 000 dollarlik Rolex soatini sovgʻa qilgan. 💡 Sababi u oddiy ofitsiant boʻlishiga qaramay oʻz ishini yaxshi koʻrib professional tarzda ishlaydi.Natijada barcha mijozlari undan mamnun boʻlishadi va oʻziga yarasha ragʻbatlantirishadi.❗️Xulosa, nima ish qilishizdan qatʼiy nazar unga mehr bersangiz, ishingizdan oʻzingiz va atrofdagilar mazza qilsa pul oqimi ham yaxshilanaveradi. Hozirgi ishizni tashab ofitsiant boʻlib olmang yana😁👉@latipovjahongir

13 мар. 2026 г.10 400В Telegram
Jahongir Latipov 💵@latipovjahongir

Bellissimo Pizza yana 1-o‘rinda — ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra, biz iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi umumiy ovqatlanish korxonasi deb topildik 🏆Taqdirlash marosimi Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, kompaniyamiz I darajali diplom va "Iste’molchi ishonchi" sifat belgisiga munosib ko‘rildi.Bizga ovoz berib, qo‘llab-quvvatlagan barchaga chin dildan rahmat aytamiz. Bu e’tirof biz — Bellissimo Pizza jamoasi uchun ulkan ishonch va ayni paytda katta mas’uliyatdir ❤️Bellissimo Pizza yana 1-o‘rinda — ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra, biz iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi umumiy ovqatlanish korxonasi deb topildik 🏆Taqdirlash marosimi Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, kompaniyamiz I darajali diplom va "Iste’molchi ishonchi" sifat belgisiga munosib ko‘rildi.Bizga ovoz berib, qo‘llab-quvvatlagan barchaga chin dildan rahmat aytamiz. Bu e’tirof biz — Bellissimo Pizza jamoasi uchun ulkan ishonch va ayni paytda katta mas’uliyatdir ❤️

13 мар. 2026 г.8 920В Telegram
Jahongir Latipov 💵@latipovjahongir

💰 Enter Engineering xodimlariga 450 mlrd so‘mga yaqin ish haqi undirib berildi.Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Enter Engineering va unga aloqador 34 ta kompaniya xodimlariga jami 450 mlrd so‘mga yaqin ish haqi undirib berilgan.📊 Bu mablag‘ 12 754 nafar xodimning 4–6 oylik maoshiga teng.Tekshiruvlar kompaniyaning 11 ta obyekti va unga bog‘liq korxonalarda o‘tkazilgan. 2025-yilda ham xodimlar murojaati asosida 150 mlrd so‘mga yaqin ish haqi qarzdorligi undirilgan edi.Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyalar guruhi hozir ham 38,7 ming xodim oldida $131 mln miqdorida ish haqi qarzdorligiga ega.🔎 Qolgan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha tekshiruvlar davom etmoqda.👉@latipovjahongir

13 мар. 2026 г.10 700В Telegram
Jahongir Latipov 💵@latipovjahongir

🇺🇸 "Green Card"ga ariza topshirish qoidalari o‘zgarmoqdaAQSh Davlat departamenti Diversity Visa (Green Card) lotereyasiga ariza topshirish tartibiga yangi talablar joriy qilinishini ma’lum qildi. Yangi qoidalar 10-aprel 2026-yildan kuchga kiradi.📌 Endi ariza topshirishda:— amal qiluvchi xorijiy pasport ma’lumotlari kiritiladi— pasportning shaxsiy ma’lumotlar sahifasi skaneri yuklanadiShuningdek, anketa shaklida:— “gender” o‘rniga “jins”,— “yosh” o‘rniga “tug‘ilgan sana” ko‘rsatiladi.Bu o‘zgarishlar firibgarlikni kamaytirish va shaxsni aniqroq tekshirish maqsadida joriy etilmoqda.💵 2025-yildan boshlab lotereyada ro‘yxatdan o‘tish uchun $1 to‘lov joriy qilingan.👉@latipovjahongir

12 мар. 2026 г.11 300В Telegram
Jahongir Latipov 💵@latipovjahongir

🧠 Miya sizni aldashi mumkin: biznes qarorlaridagi 8 ta psixologik tuzoqKo‘p tadbirkorlar aynan shu sabab xato qiladi.1️⃣ Barnum effektiOdamlar umumiy gaplarni o‘ziga mos deb qabul qiladi.Masalan: mijoz “bu mahsulot aynan men uchun yaratilgan” deydi, aslida u minglab odamlar uchun ishlab chiqilgan.2️⃣ Tasdiqlash xatosiBiz o‘z fikrimizni tasdiqlaydigan ma’lumotlarni qidiramiz.Qarshi fikrlarni esa e’tiborsiz qoldiramiz.3️⃣ Yo‘qotilgan xarajat xatosiLoyiha ishlamasa ham davom etamiz, chunki unga allaqachon ko‘p pul sarflaganmiz.4️⃣ Rozental effektiBoshqalarning bizdan kutgan natijasi ko‘pincha haqiqiy natijaga ta’sir qiladi.5️⃣ “Tirik qolganlar” xatosiBiz faqat muvaffaqiyatli misollarni ko‘ramiz.Muvaffaqiyatsiz bo‘lgan minglab urinishlar ko‘rinmaydi.6️⃣ Spotlight effektiBizga hamma bizni kuzatayotgandek tuyuladi.Aslida odamlar bizga unchalik e’tibor bermaydi.7️⃣ Bias ko‘r nuqtasiBoshqalarning xatosini tez ko‘ramiz, o‘z xatolarimizni esa tan olmaymiz.8️⃣ Soxta konsensus effektiBiz boshqalar ham biz kabi o‘ylaydi deb hisoblaymiz.🧠 Miyani aldab bo‘lmaydi.Lekin bu tuzoqlarni vaqtida sezsak, qarorlarimiz ancha aniq va to‘g‘ri bo‘ladi.👉@latipovjahongir

12 мар. 2026 г.11 000В Telegram
Jahongir Latipov 💵@latipovjahongir

⛽️ Metan zapravkalari vaqtincha yopiladiEnergetika vazirligi ma’lum qilishicha, 12-martdan boshlab metan zapravkalari xususiy avtomobillar uchun vaqtincha yopiladi.📌 AGNKSlar faqat:• jamoat transporti• ijtimoiy muassasalarga xizmat qiluvchi transportlar uchun ishlaydi.Bunga sabab — gaz quvurlarida bosimning pasaygani va gazni birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy obyektlarga yetkazib berish zarurati.🔧 Mutaxassislar hozir gaz quvurlaridagi bosimni tiklash ustida ishlamoqda. Shu bilan birga, birjada benzin va propan hajmi ko‘paytirilmoqda.❗️Shuningdek, xususiy yoqilg‘i shoxobchalari egalariga narxlarni sun’iy oshirmaslik bo‘yicha ogohlantirish berildi. Nazorat kuchaytiriladi.@latipovjahongir

12 мар. 2026 г.12 200В Telegram
Jahongir Latipov 💵@latipovjahongir

💰 Forbes: dunyoning eng boy ayollari roʻyxatiForbes e’lon qilgan reytingga ko‘ra, dunyodagi eng boy ayollar asosan yirik kompaniyalar va oilaviy bizneslar orqali katta boylikka ega bo‘lgan.📊 Eng boy ayollar orasida:🥇Alice Walton (AQSh)Boyligi: $134 mlrdManba: Walmart doʻkonlar tarmogʻi 🥈 Francoise Bettencourt Meyers (Fransiya)Boyligi: $100 mlrdManba: L’Oréal🥉 Julia Koch (AQSh)Boyligi: $81,2 mlrdManba: Koch Industries4️⃣ Iris Fontbona (Chili)Boyligi: $52,6 mlrdManba: konchilik5️⃣ Jacqueline Mars (AQSh)Boyligi: $49,1 mlrdManba: Mars (shirinliklar ishlab chiqarish)7️⃣ Savitri Jindal (Hindiston)Boyligi: $39,1 mlrdManba: po‘lat sanoati8️⃣ Miriam Adelson (AQSh)Boyligi: $37,5 mlrdManba: kazino biznesi9️⃣ Abigail Johnson (AQSh)Boyligi: $33,2 mlrdManba: Fidelity Investments🔟 Zheng Shuliang (Xitoy)Boyligi: $33,2 mlrdManba: alyuminiy mahsulotlari📌 Qiziq fakt: reytingdagi ko‘plab milliarder ayollar yirik oilaviy kompaniyalar yoki global brendlar aksiyalariga egalik qiladi.👉@latipovjahongir💰 Forbes: dunyoning eng boy ayollari roʻyxatiForbes e’lon qilgan reytingga ko‘ra, dunyodagi eng boy ayollar asosan yirik kompaniyalar va oilaviy bizneslar orqali katta boylikka ega bo‘lgan.📊 Eng boy ayollar orasida:🥇Alice Walton (AQSh)Boyligi: $134 mlrdManba: Walmart doʻkonlar tarmogʻi 🥈 Francoise Bettencourt Meyers (Fransiya)Boyligi: $100 mlrdManba: L’Oréal🥉 Julia Koch (AQSh)Boyligi: $81,2 mlrdManba: Koch Industries4️⃣ Iris Fontbona (Chili)Boyligi: $52,6 mlrdManba: konchilik5️⃣ Jacqueline Mars (AQSh)Boyligi: $49,1 mlrdManba: Mars (shirinliklar ishlab chiqarish)7️⃣ Savitri Jindal (Hindiston)Boyligi: $39,1 mlrdManba: po‘lat sanoati8️⃣ Miriam Adelson (AQSh)Boyligi: $37,5 mlrdManba: kazino biznesi9️⃣ Abigail Johnson (AQSh)Boyligi: $33,2 mlrdManba: Fidelity Investments🔟 Zheng Shuliang (Xitoy)Boyligi: $33,2 mlrdManba: alyuminiy mahsulotlari📌 Qiziq fakt: reytingdagi ko‘plab milliarder ayollar yirik oilaviy kompaniyalar yoki global brendlar aksiyalariga egalik qiladi.👉@latipovjahongir

12 мар. 2026 г.12 100В Telegram

Похожие каналы